Zargarlik buyumlarini parvarishlashda bilishingiz kerak bo’lgan ma’lumotlar

Image

Fonon zargarlik uyi mutaxassisidan qimmatli tavsiyalar

Zargarlik buyumlari — bir ishtiyoq. Nafosat, noziklik va mahorat uyg’unligidir. Biroq zargarlik buyumining chinakam jozibasi faqat uning toshi yoki dizaynidamas, balki unga ko‘rsatilgan e’tibor bilan saqlanadi va yashaydi. Fonon zargarlik uyi sifatida biz mijozlarimizga nafaqat nafis zargarlik buyumlarini taqdim etibgina qolmay, balki ularning uzoq yillar davomida qadri va go‘zalligini saqlab qolish uchun o‘z bilim va tajribamiz bilan ham o‘rtoqlashamiz.

Quyida zargarlik buyumlaringizni uzoq muddat saqlashga yordam beradigan, maxsus tayyorlangan parvarish qo‘llanmamiz bilan tanishing:

1.Iliq suv va yumshoq cho‘tka bilan tozalash

Uy sharoitida tozalashning eng xavfsiz va samarali usullaridan biri bu — iliq suvga oz miqdorda tabiiy sovun qo‘shib foydalanishdir. Yumshoq cho‘tka yordamida tosh va metall yuzasidagi kirlarni ehtiyotkorlik bilan tozalang. Biroq dur, opal va zumrad kabi nozik toshlarga alohida e’tibor kerak. Tozalagandan so‘ng, taqinchoqlaringizni mikrofiber sochiq bilan arting — tabiiy yaltirashini tiklashga yordam beradi.

2.Kimyoviy moddalardan uzoq tuting

Atir, soch spreyi, loson, kir yuvish vositalari, hatto basseyndagi xlor — bular zargarlik buyumlarining yuzasiga doimiy shikast yetkazishi mumkin. Ayniqsa, dur va oltin kabi sezgir materiallar kimyoviy moddalar bilan reaksiyaga kirganda qorayib, xiralashadi. Taqinchoqlaringizni har doim kosmetika vositalaridan so‘ng taqing, uyga qaytgach esa yechib qo‘ying.

Oltin qoida: Kiyinayotganda taqinchoqlaringizni oxirgi aksessuar sifatida taqing, va birinchi yechilishi kerak bo’lgan buyum sifatida qarang.

3.Zargarlik buyumlaringizni alohida alohida saqlang

Zargarlik buyumlarini bir joyda saqlash yoki ustma-ust qo‘yish tirnalishga olib keladi. Masalan, brilliant kabi qattiq toshlar boshqa toshlarga yoki oltin yuzasiga zarar yetkazishi mumkin. Har bir taqinchoqni alohida maxsus qopchalarda yoki yumshoq ichli qutilarda saqlang. Fonon do‘konlarimizda bu uchun maxsus taqinchoq saqlash qopchalarini topishingiz mumkin.

4.Muntazam professional tekshiruvlar

Kamida yiliga bir marta zargarlik buyumlaringizni mutaxassisga olib borishni tavsiya qilamiz. Montyurlarining bo‘shashi, toshlarning joyidan siljishi yoki metall yuzasining tirnalishi kabi holatlar erta aniqlansa, oldini olish mumkin. Fonon ustaxonalarida yo’lga qo’yilgan ultratovushli tozalash va maxsus parvarish ishlari taqinchoqlaringizga yangidan hayot baxsh etadi.

5.Taqinchoqlaringizning kundalik foydalanishga mosligini baholang.

Har bir zargarlik buyumi kundalik taqishga mos emas. Yirik toshli uzuklar, nozik marjonlar yoki uzun sirg‘alar jismoniy faollik paytida shikastlanishi mumkin. Sport bilan shug‘ullanayotganda, bog‘ ishlarida yoki og‘ir yuk ko‘targanda taqinchoqlaringizni yechib qo’ying. Kundalik foydalanish uchun oddiyroq va mustahkamroq taqinchoqlarni tanlang.

6.Dur va opal kabi tabiiy toshlarga alohida e’tibor berilshi lozim

Dur va opal suv va namlik muvozanatiga juda tasirchan. Uzoq vaqt quruq muhitda qolsa, yorilib ketishi yoki xiralashishi mumkin. Shuningdek, kimyoviy moddalardan ham ehtiyot qilish zarur. Bu kabi taqinchoqlarni taqishdan oldin biroz nam yumshoq mato bilan arting va maxsus qutilarda saqlang.Bundan tashqari durli taqinchoqlar qancha ko’p taqilsa, tanadagi tabiiy yog’lar bilan namlanib porloqligi shuncha ortadi.

Durli mahsulotlarning porloqligini siri – ularning qancha ko’p taqilishida. Durli taqinchoqlaringizni ko’proq taqing.Durlar tirik tosh kabidir. Inson terisiga tekkanda, tanangizning tabiiy yog‘i orqali namlanadi va yaltiroqligini uzoq vaqt saqlaydi. Uzoq vaqt taqilmay, qutida yotgan durlar qurib, xiralashishi va yorilishi mumkin.

Foydali maslahat:Durli taqinchoqlaringizni taqishdan oldin yumshoq va  biroz nam sochiq bilan arting. Bu changni tozalaydi va taqinchoqlaringizni jonlantiradi.

7.Zargarlik buyumlarida rang o‘zgarishi tabiiy holat

Vaqt o‘tishi bilan, ayniqsa kumush va oltin buyumlar havo bilan reaksiyaga kirishib rangini o‘zgartiradi. Bu tabiiy oksidlanish jarayoni bo‘lib, maxsus sayqallash usullari bilan osongina bartaraf etiladi. Ammo bunday holatlarda uy sharoitida tozalashdan ko’ra, ustaxonalardan profissional xizmat olish taqinchoqlarning holatini saqlab qolish uchun muhim.

8.Taqinchoqlaringizni toshlarini mustahkamligini muntazam tekshirib turing.

Asosan toshlari ko’p uzuklarda vaqt o‘tishi bilan toshlar siljishi yoki tushib qolishi mumkin. Yorug’lik vositalari ostida ularning mustahkamligini tekshiring; bo‘shashganlik sezilsa, zudlik bilan mutaxassisga murojaat qiling.Fonon zargarlik uyida bu tekshiruvlar bepul taqdim etiladi.

9.Safar vaqtida qo‘shimcha himoya usullaridan foydalaning.

Ta’til yoki ish safariga chiqayotganda, zargarlik buyumlaringizni qattiq qopqoqli, ichida bo‘linmalari bo‘lgan qutilarda olib yuring. Samolyot yukxonasida urilish xavfi bo‘lganidan, qimmatbaho buyumlaringizni har doim qo‘l yuki sifatida olib yurishni maslahat beramiz.

10.Yuksak hissiy yoki moddiy qiymatga ega buyumlarni sug‘urtalang

Ba’zi zargarlik buyumlari faqat qimmatbaho tosh yoki metall emas balki hayotingizdagi muhim xotiralarni ham o‘zida mujassam etadi. Shuning uchun, ma’lum bir qiymatdan yuqori bo‘lgan taqinchoqlaringizni sug‘urtalash, yo‘qotish yoki o‘g‘irlik kabi holatlardan sizni himoya qiladi.


Fonon zargarlik uyidan parvarish va qiymatni saqlash xizmatlari

Har bir zargarlik buyumi Fonon ustaxonalarida mahorat bilan yaratiladi, ammo uning jozibasini saqlab qolish  sizning qo‘lingizda. Biz taklif etayotgan sotuvdan keyingi xizmatlar orqali taqinchoqlaringiz  texnik va estetik jihatdan har doim eng yaxshi holatda saqlanib qoladi.

Unutmang: Zargarlik buyumlarining asl qiymati — unga bo‘lgan e’tiboringizda namoyon bo‘ladi.